» » Donald Tramp Eronni 11-sentabr terakti tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Donald Tramp Eronni 11-sentabr terakti tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning Eronga nisbatan yangi strategiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zga chiqdi. Davlat rahbari o‘zining nutqi avvalida Tehronning Vashington va uning ittifoqdoshlariga xavfi borasida so‘zladi. Bundan tashqari Tramp Eronni “Al-Qoida” va “Tolibon”ni moliyalashtirishda, shuningdek, 11-sentabrdagi teraktdan so‘ng, Usama ben Ladenning o‘g‘lini yashirishda aybladi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Donald Tramp Tehron bilan imzolangan yadroviy bitimga izoh berarkan, uni yana bir bor “AQSh tomonidan qabul qilingan eng yomon bir tomonlama bitim”, deb atadi. Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bitim “Eron diktaturasini sanksiyalardan ozod etgan holda unga siyosiy va iqtisodiy tayanch beruvchi hadya”. Trampning baholashicha, Tehron tomonidan olingan mablag‘ 100 million dollardan ortiqroq.

Shu bilan birga Oq uy Kongressga yadroviy dasturdan voz kechish taklifini beradimi yoki yo‘q, bunga mamlakat rahbari oydinlik kiritmadi. Biroq Amerika prezidenti “bizning vazifamiz — Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligiga kafolat bo‘lish”, deya ma’lum qildi.

Donald Trampning aytishicha, Tehron yadroviy bitimning “mohiyatiga amal qilmagan”. “Bizning ushbu bitimdagi ishtirokimizni men prezident sifatida istalgan vaqtda bekor qila olaman”, — dedi AQSh prezidenti.

Avvalroq, AQSh Moliya vazirligi “moliyaviy terrorchilikning oldin olish maqsadida” Eronga nisbatan o‘z sanksiyalarini kengaytirgani haqida xabar berilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют