» » Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifini Urganch aeroporti bilan tanishishdan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifini Urganch aeroporti bilan tanishishdan boshladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifini Urganch xalqaro aeroportida bajarilgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Agentlikning yozishicha, Urganch xalqaro aeroporti zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan. Bir soatda 300 yo‘lovchini kuzatish va 300 yo‘lovchini kutib olishga mo‘ljallangan terminallar, xizmat ko‘rsatish xonalari, savdo shoxobchalari tashkil etilgan, yon-atrof obodonlashtirilgan.

“Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq aeroportda rasmiy delegatsiyalar, yuqori martabali mehmonlarni kutib olish uchun zarur sharoit yaratilmoqda”, — deya xabar bermoqda agentlik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu borada amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar bilan tanishdi. Aeroport faoliyatini takomillashtirish, mehmonlar uchun qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют