» » Namangan viloyati hokimi paxta terimiga yoshlarni rag‘batlantirish uchun 100 mln so‘m ajratishni va’da qildi

Namangan viloyati hokimi paxta terimiga yoshlarni rag‘batlantirish uchun 100 mln so‘m ajratishni va’da qildi


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Uchqo‘rg‘on tumanida “Fidoyi yoshlar” otryadlari a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Muloqot davomida viloyat hokimi tumanlardagi uyushmagan yoshlarni “Fidoyi yoshlar” otryadlari safiga qo‘shilish va paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etishga chaqirdi. Mavsumdagi rag‘batlantirish ishlari uchun 100 million so‘m ajratilishini ma’lum qildi.

Mazkur summa faol terimchilarni qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlab borish, shuningdek, mavsum davomida “Fidoyi yoshlar” otryadlari faoliyatini eng namunali tashkil etgan Yoshlar ittifoqi mahalliy kengashlari uchun xona jihozlari va kompyuter jamlanmalari xarid qilishga sarflanishi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют