» » Xivada uch yil ichida salkam 20 ta yangi mehmonxona quriladi

Xivada uch yil ichida salkam 20 ta yangi mehmonxona quriladi


Xivada keyingi uch yil davomida 20 ga yaqin mehmonxona quriladi. Bu haqda, O‘zAning xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, Xorazm viloyatiga amalga oshirilayotgan joriy tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri — Xivani sayyohlik markaziga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yana bir bor tahlil qilishdir.

Bu yerga kelishimizning asosiy maqsadlaridan biri Xivani turistik zonaga aylantirish bo‘yicha qilayotgan sa’y-harakatlarimizni yana bir bor tahlil qilishdan iborat.

Turizmni rivojlantirish uchun avvalo sayyohlarga sharoit yaratish zarur. Shu maqsadda kelgusi uch yilda Xivada 20 ga yaqin mehmonxona quriladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Avvalroq Xivada fransiyalik investorlar ishtirokida besh yulduzli mehmonxona qurilishi haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu mehmonxona O‘zbekistonda eng yaxshilaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Xivada besh yulduzli mehmonxona quriladi. Shavkat Mirziyoyev bu mehmonxona O‘zbekistonda eng yaxshilaridan biri bo‘lishini aytdi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют