» » Shavkat Mirziyoyev Xivada Nurillaboy saroyidagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Xivada Nurillaboy saroyidagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Nurillaboy saroy majmuasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur saroy hududi shu yerda yashab o‘tgan Nurillaboy ismli savdogarga tegishli bo‘lgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini o‘tagan.

Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Xorazmga qilgan tashrifi chog‘ida mutasaddilariga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Prezident tavsiyasiga ko‘ra ishlab chiqilgan loyihaga binoan bu yerda mehmonxona, restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar ko‘rgazmasi tashkil qilingan.

Shuningdek, ko‘rgazmalarda Xorazmning XIX—XX asrlardagi tarixiy fotosuratlari, birinchi o‘zbek kinooperatori va fotosuratchisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyish etilmoqda.

O‘zAning yozishicha, “Xorazm an’anaviy hunarmandchiligi: tarix va zamonaviylik”, “O‘zbekiston zavonaviy san’ati: ohanglar, timsollar, talqinlar” mavzuidagi ko‘rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Xiva me’morchilik obidalari, jumladan, mazkur majmuaning boy tarixi haqida sayyohlar va xorijlik mehmonlarga zamonaviy uslublarga tayangan holda so‘zlab berish, bu bilan ularning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish zarurligini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Xivada uch yil ichida salkam 20 ta yangi mehmonxona quriladi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют