» » Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati iqtisodiyotiga jalb qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri invistitsiyalarni ko‘paytirish va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zAning yozishicha, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi uchun 414 gektardan ortiq yer maydoni ajratilgan. Keyinchalik ushbu hudud yanada kengaytiriladi.

Yangi erkin iqtisodiy zonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyiha bilan tanishib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi.

Ayni paytda erkin iqtisodiy zona chegaralarini o‘rnatish, bojxona posti tashkil qilish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, xususan, gaz, suv va elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, avtomobil va temir yo‘llari, aloqa tizimi shakllantirilmoqda.

Hududda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo‘yicha bugungi kunda 25 loyiha ishlab chiqilgan. “Natijada 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi”, — deb yozadi O‘zA.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют