» » Tashkent City’da balandligi 40 qavatgacha bo‘lgan osmono‘par binolar quriladi

Tashkent City’da balandligi 40 qavatgacha bo‘lgan osmono‘par binolar quriladi


Toshkent markazidagi Alisher Navoiy, Olmazor, Furqat va Islom Karimov shoh ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar maydonni egallaydigan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi konsepsiyasi ma’qullandi. Bu haqda Tashkent City’ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Toshkent seysmik faol hududda joylashgani va shaharning tarixan shakllangan me’moriy qiyofasi mavjudligidan kelib chiqib, Tashkent City konsepsiyasi tabiat bilan hamohanglik va zamonaviy urbanistik g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan. Unda ish bilan bog‘liq faollikning yashil shahar g‘oyalari, suvning salqini, hordiq uchun xiyobonlar bilan uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Shulardan kelib chiqib, biznes ofislar, mehmonxona va apartamentlar uchun mo‘ljallangan baland binolar qavatlari sonini 40 tadan, turar joy binolari qavatlari sonini esa 12 tadan oshirmaslikka qaror qilindi. Bundan tashqari, Siti hududida konferens va ko‘rgazma markazlari, gipermarket, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar bo‘ladi.

Tashkent City’ning ichki qismidagi avtomobil yo‘llari Toshkentning shoh ko‘chalari kabi keng bo‘lishi kutilmoqda, ayni vaqtda deyarli har bir bino ostida yerosti avtoturargohlari bo‘ladi. Bino va inshootlarning dizayni eng ilg‘or arxitektura va milliy o‘ziga xoslik tamoyillariga asoslangan holda ishlab chiqiladi.

“Mazkur ulkan loyihani amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Direksiya tashkil etilgan bo‘lib, Tashkent City’ni qurish va uning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifalariga mas’ul mahalliy va xorijiy investorlarni birlashtiradi”, — deyiladi shahar ichidagi shaharning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan axborotda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekistondagi eng baland bino bu — Toshkentdagi Milliy bank bosh qarorgohi binosi bo‘lib, u 23 qavatdan iborat.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют