» » Farg‘onada yarim kechasi “Jiguli”da sigir o‘g‘irlaydigan guruh fosh etildi

Farg‘onada yarim kechasi “Jiguli”da sigir o‘g‘irlaydigan guruh fosh etildi


Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan tungi vaqtda viloyatning Qo‘shtepa tumani Yangi hayot qishlog‘idagi fermer xo‘jaligi shiyponida boqilayotgan, bir dona narxi 3 million so‘m bo‘lgan sigirni o‘g‘irlab ketayotgan shaxslar Toshloq tumanida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 1975-yilda tug‘ilgan, muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan A.D. o‘zining jinoiy sheriklari — 1973-yilda tug‘ilgan B.A., 1975-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan T.J., 1978-yilda tug‘ilgan R.Sh., 1981-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan M.A. va 1990-yilda tug‘ilgan Z.R. bilan birgalikda Qo‘shtepa va Farg‘ona tumanlari hududida fuqarolarga tegishli sigirlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanganligi ma’lum bo‘ldi.

Ular 29-martga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanining Nurobod ko‘chasidagi xonadondan bir dona 3,5 million so‘mlik, 1-aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona tumanining Qirg‘izsho‘ra ko‘chasidagi xonadondan bir dona 3 million so‘mlik, 13-aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan ikki dona 4 million so‘mlik, 18-aprelga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan bir dona 1,5 million so‘mlik va bir dona 3 million so‘mlik, 24-aprelga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan bir dona 1,5 million so‘mlik va bir dona 1,3 million so‘mlik sigirlarni o‘g‘irlagan.

Jinoiy guruh a’zolaridan jami to‘qqiz bosh qoramol ashyoviy dalil tariqasida olindi. Ular o‘g‘rilikni jinoiy guruh a’zolaridan biriga tegishli “VAZ-2102” rusumli avtomashinada sodir etgan.

Hozirda jinoiy guruhning barcha a’zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют