» » Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi

Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi


AQShning Qualcomm kompaniyasi Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi. Kompaniya da’vo arizasiga ko‘ra, Apple ishlab chiqarish jarayonida bir qator patentlarni buzmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Unga ko‘ra, iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish jarayonida Qualcomm tomonidan yaratilgan texnologiyalar qo‘llanilmoqda, biroq Apple buning uchun haq to‘lamayapti.

Gap sensorli ekranlarda va qurilmaning energiya iste’molini boshqarish tizimlarida qo‘llanilgan texnologiyalar haqida bormoqda.

Qualcomm kompaniyasi vakili Kristin Trimblning so‘zlariga ko‘ra, bu Apple foydalanayotgan va huquqiy jihatdan Qualcomm’ga tegishli texnologiyalarning bir qismi, xolos.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Qualcomm’ning Apple’ga qarshi da’vosi 29-sentabr kuni sudga topshirilgan va sud hujjatlari hali e’lon qilinganicha yo‘q.

Qualcomm kompaniyasi iyul oyida Apple ustidan AQShning Xalqaro savdo bo‘yicha federal komissiyasiga shikoyat qilgan edi. O‘shanda kompaniya Apple’ni oltita patentdan noqonuniy foydalanishda ayblab, iPhone’ning AQShga import qilinishini taqiqlashni tala etgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют