» » O‘zbekiston MB raisi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston MB raisi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etdi


AQShning Vashington shahrida 2017-yilning 13-oktabr kuni Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki boshqaruvchilari Kengashi yig‘ilishining birinchi kunida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirok etgan yig‘ilishda mazkur mintaqalar va butun dunyodagi muammoli sharoitlarda pul-kredit siyosati qurollarini takomillashtirishning istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqalarda yuqori sur’atli o‘sishni rag‘batlantirishda va uning barqarorligini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi pul-kredit va moliya siyosatini amalga oshirish mexanizmlarining barqaror islohotlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mamarizo Nurmuratov yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekistonning pul-kredit siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan valyuta bozorini liberallashtirish borasida qabul qilingan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot bergan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют