» » Volkswagen o‘zining eng kichik krossoverini 2018-yilda chiqaradi

Volkswagen o‘zining eng kichik krossoverini 2018-yilda chiqaradi


Volkswagen 2018-yilda o‘z krossoverlari qatorini VW T-Roc’dan bir daraja pastda turuvchi model bilan to‘ldiradi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Model so‘nggi avlod Polo xetchbeki va Seat Arona krossoverida foydalanilgan MQB modul platformasi asosida quriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avtomobilning g‘ildiraklar bazasi 2650 millimetrni tashkil etadi.

T-Cross nomini olishi mumkin bo‘lgan yo‘ltanlamas bir litr sig‘imli, uch silindrli dvigatel bilan jihozlanishi kutilmoqda. Model mijozlarga mexanik tezlik uzatish qutisi va robotlashtirilgan ikki muftali transmissiya bilan taqdim etiladi.

Volkswagen T-Cross’ning raqobatchilari Nissan Juke, Citroen C4 Aircross va Peugeot 2008 bo‘lishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют