» » “Yuventus” o‘z uyida yengildi. Rimda zafar quchgan “Napoli” peshqadamga aylandi. Bugun Milan derbisi

“Yuventus” o‘z uyida yengildi. Rimda zafar quchgan “Napoli” peshqadamga aylandi. Bugun Milan derbisi


Italiya A seriyasining dastlabki 8 ta o‘yinida 100 foizlik natija qayd etgan Neapolning “Napoli” klubi peshqadamga aylanib oldi.

Markaziy o‘yinda “Roma” mehmoni bo‘lgan “Napoli” kichik hisobda zafar quchdi va ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi. Bunga qadar neapollik futbolchilar 4 ta bellashuvda yirik hisoblarni qayd etishga muvaffaq bo‘lgandi. Mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan poytaxt Rimning boshqa bir klubi “Latsio” 4:1 hisobida taslim etilgani e’tiborga molik.

Aynan “Latsio” futbolchilari sensatsion yurishini davom ettirdi. Simone Indzagi shogirdlari bungacha “Milan” ustidan 4:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, endilikda ular Turinda “Yuventus”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur g‘alaba Rim klubining ochkolarini Allegri jamoasiniki bilan tenglashtirdi.

Bugun muxlislar orziqib kutayotgan Milan derbisi bo‘lib o‘tadi. U Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Italiya A seriyasi
8-tur bellashuvlari
14-oktabr, shanba

Gollar: Duglas Kosta, 24 (1:0). Chiro Immobile, 47 (1:1). Chiro Immobile, 54-pen (1:2).
Noaniq penalti: Paulo Dibala, 97+ (Yu).

Gol: Lorentso Insinye, 20 (0:1).

15-oktabr, yakshanba
“Fiorentina” — “Udineze”
“Sampdoriya” — “Atalanta”
“Krotone” — “Torino”
“Inter” — “Milan”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют