» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda birinchi bo‘lib paxta bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargan Xorazm dehqonlarini “ikki marta qahramon” deb atadi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda birinchi bo‘lib paxta bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargan Xorazm dehqonlarini “ikki marta qahramon” deb atadi


Avval xabar qilganimizdek, Urganch shahrida xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi, deya xabar beradi O‘zA.

Davlat rahbari Xorazm viloyati dehqon va fermerlarini mamlakatda birinchi bo‘lib paxta bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargani va 250 ming tonnadan ziyod paxta xirmoni bunyod etilgani bilan tabrikladi.

“Bu zamindagi og‘ir iqlim va murakkab tuproq sharoitiga qaramasdan, voha mirishkorlari barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirib kelmoqda. Yozi jazirama issiq, qishi qahraton sovuq, yerlari kuchli sho‘rlangan bu hududda nafaqat mehnat qilish, balki mo‘l hosil undirish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun xorazmlik dehqonlarni bir emas, ikki marta qahramon, desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют