» » Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi


13–15-noyabr kunlari Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining prezident Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishida aytildi, deb xabar beradi “Turkmenistan segodnya” axborot agentligi.

“Yig‘ilish chog‘ida hukumat raisi o‘rinbosari A. Garajayev 13–15-noyabr kunlari o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi madaniyati kunlariga, shuningdek, 1–2-noyabr kunlari Avazda o‘tadigan Xalqaro turistik ko‘rgazma va ‘Turizm va sayohat’ konferensiyasiga tayyorgarlikning borishi haqida hisobot berdi”, — deyiladi xabarnomada.

O‘zbekiston madaniyati kunlarida Turkmanistonga O‘zbekistondan raqs ansambllari va estrada artistlaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi. Konsertlardan tashqari, kinofilmlar namoyishi, fotoko‘rgazmalar, uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.

Qo‘shma madaniy aksiyalar Ashxobod va Toshovuzda o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют