» » Parlamentlararo ittifoq assambleyasida Putin bilan suratga tushishni istovchi delegatlar tiqilinch hosil qildi

Parlamentlararo ittifoq assambleyasida Putin bilan suratga tushishni istovchi delegatlar tiqilinch hosil qildi


Parlamentlararo ittifoq assambleyasida turli mamlakatlar parlamentlari vakillari prezident Vladimir Putinni assambleyadagi chiqishidan so‘ng o‘rab oldi. Ularning har biri prezident bilan suratga tushishni istab, o‘n daqiqadan ortiq vaqt davomida uning ketishiga yo‘l qo‘ymadi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Prezident qo‘riqchilari Rossiya yetakchisi atrofida zich aylana hosil qilishga harakat qildi. Delegatlarning aksariyati Putin ularni payqashi uchun tadbir o‘tkazilgan Sankt-Peterburg ekspomarkazidagi stullarga chiqib oldi. Ularning har biri prezidentning qo‘lini siqib qo‘yishni o‘z burchi deb bildi.

Putin ko‘pchilik qatorida Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniy, shuningdek, Suriya parlamenti delegatsiyasi bilan suhbatlashdi. Stullarga chiqib olganlarning ba’zilari odamlar to‘dasining siquvi ostida yiqilib ketishiga sal qoldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют