» » Toshkentni obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 mln dollar pul kelib tushadi

Toshkentni obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 mln dollar pul kelib tushadi


13-oktabr kuni “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Poytaxt hokimiyatining jamg‘armaga boshlang‘ich kiritmasi O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondining 50 million dollar miqdoridagi krediti hisobidan amalga oshiriladi. Kredit Milliy bank orqali qayta moliyalashtiriladi.

Kredi besh yilga taqdim etilgan bo‘lib, imtiyozli muddat — ikki yil, yillik to‘lov 2,25 foiz bo‘lib, buning ichida qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,25 foizlik marjasi ham bor. Komissiya to‘lovi undirilmaydi.

Jamg‘arma mablag‘i Toshkent hokimiyati tomonidan tuziladigan, Vazirlar Mahkamasi ma’qullaydigan manzilli ro‘yxatlar bo‘yicha ishlatiladi. Kreditning maqsadli va samarali ishlatilishiga, jamg‘arma o‘z vaqtida shakllantirilishiga javobgar ijro organi — shahar hokimiyati.

Kreditni yopish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar poytaxt mahalliy budjeti va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.

Hujjat Milliy qonunchilik ma’lumotlar bazasida rasman chop etildi va 14-oktabrdan kuchga kirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют