» » Almazbek Atambayev: Qirg‘izistonda vaziyatni beqarorlashtirishga bo‘lgan har qanday urinish keskin bartaraf etiladi

Almazbek Atambayev: Qirg‘izistonda vaziyatni beqarorlashtirishga bo‘lgan har qanday urinish keskin bartaraf etiladi


Qirg‘izistonda saylovdan keyingi davrda vaziyatni beqarorlashtirishga bo‘lgan har qanday urinish keskin bartaraf etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev saylov uchastkalaridan biridagi ovoz berganidan so‘ng ma’lum qildi, deb xabar qiladi “TASS”.

Atamabayevga ko‘ra, 15-oktabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Bishkekda tartibsizliklar uyushtirish uchun qurol qidirish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi.

“Qirg‘izistonda har kim bilganini qiladigan paytlar o‘tib ketdi. Keskin choralar ko‘ramiz, qo‘lga olishlar davom etadi. 1-dekabrga qadar bunga vakolatim va vaqtim yetadi”, — dedi Atambayev.

Qirg‘iziston rahbari mamlakatda yakshanba kuni o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovi qanday tugashi, ikkinchi bosqich bo‘lish-bo‘lmasligini hech kim bilmasligi, bu esa “saylov chindan ham ochiq va adolatli o‘tayotganini anglatishi”ni bildirdi.

Almazbek Atambayev vazifasidan ketganidan so‘ng bosh vazir yoki parlament spikeri lavozimini egallash niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют