» » Dunyo okeanini ifloslantiruvchi asosiy manbalar aniqlandi

Dunyo okeanini ifloslantiruvchi asosiy manbalar aniqlandi


Germaniyalik olimlar 57 yirik daryoni o‘rganib, dunyo okeaniga plastik chiqindining 95 foizi o‘nta daryodan tushishini aniqladi. Ularning aksariyati Osiyoda joylashgan, deb yozadi “Nauka TV”.

Germaniya Gelmgolts nomidagi markaz gidrogeologlarining oxirgi tadqiqoti dunyo okeanidagi plastik chiqindi hajmining 88-95 foizi o‘nta daryoga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. Ulardan sakkiztasi Osiyoda joylashgan.

Bu daryolar Osiyodan oqib o‘tuvchi Yanszi, Ind, Xuanxe, Xayxe, Gang, Chjutszyan, Amur, Mekong, shuningdek, Afrikaning Niger va Nil daryolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Dengiz ekotizimi ifloslanishidan yetadigan zarar 7,9 milliard dollardan ortiq. Plastik chiqindi 1 millionga yaqin dengiz qushi, 100 ming dengiz sutemizuvchisi va son-sanoqsiz baliqlarni o‘ldiradi, deb yozadi Daily Mail.

“Tozalash bo‘yicha choralar ancha samarali bo‘lishi mumkin… Ushbu o‘nta daryodagi plastik miqdorini 50 foizga qisqartirish dengiz va daryolar umumiy ifloslanishining 45 foizga kamayishiga olib keladi”, — deydi doktor Kristian Shmidt.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют