» » Polsha marhum prezident Kachinskiy halokatga uchragan samolyot o‘ziyozarida portlash ovozi eshitilganini ma’lum qildi

Polsha marhum prezident Kachinskiy halokatga uchragan samolyot o‘ziyozarida portlash ovozi eshitilganini ma’lum qildi


Polsha mudofaa vaziri Antoniy Macherevich marhum prezident Lex Kachinskiyning samolyoti halokatga uchrashini taftish qilayotgan komissiya ushbu Tu-154 ning bort o‘ziyozarida portlash ovozi yozilib qolganini ma’lum qildi. U komissiya bahor oylarida portlash versiyasiga kelganini, lekin hozir bu haqda ko‘proq narsa ma’lum bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.

“Biz registratorlardan birida portlash yozuvini topdik. Ayni paytda yozuvni tahlil qilmoqdamiz va boshqa har qanday versiyalarni istisno qilishga urinmoqdamiz”, — dedi u Gazeta Polskiej klublari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida.

Vazirning so‘zlariga qaraganda, keyingi bahor yakuniga qadar hisobot tayyor bo‘ladi. Unda voqealar ketma-ketligi tiklanadi va aybdorlarning ismlari oshkor etiladi.

Prezident Lex Kachinskiyning Tu-154 samolyoti 2010-yili Rossiyaning Smolensk shahri aeroportiga kirish chog‘ida halokatga uchragan edi. Polsha tomoni bu voqea qasddan uyushtirilgan jinoyat degan taxminni ilgari surgan. Ayni paytda maxsus komissiya bu ishni oydinlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют