» » Moskvada o‘zbekistonlik sartaroshni o‘ldirgani uchun ushlangan qotil aybini tan oldi

Moskvada o‘zbekistonlik sartaroshni o‘ldirgani uchun ushlangan qotil aybini tan oldi


Rossiya poytaxtining Yangi Moskva qismida o‘zbekistonlik sartaroshni o‘ldirganlikda gumon qilib ushlangan 26 yoshli Pavel ismli Rossiya fuqarosi qotillik aybini tan oldi. Bu haqda, mamlakat tergov qo‘mitasiga asoslanib, “MK.ru” xabar bermoqda.

Xabarnomada aytilishicha, so‘roqqa tutilgan paytda jinoyatchi aybini tan olgan va ko‘rsatma bergan.

Sud tergov da’vosiga ko‘ra Pavelni hibsga tutib turishni belgiladi.

Ilgari xabar qilinganidek, soch turmagi bahonasida janjal ko‘targan jinoyatchi o‘zbekistonlik 24 yoshli Doston Odilxonovni six bilan o‘ldirgan.

Qotillikda gumondor Kirov tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli Pavel ismli shaxs bo‘lib, u muqaddam sudlangan.

Qotillik aks etgan videoni sartaroshning Anton Belyakov ismli mijozi internetga joylashtirdi. U 24 yoshli o‘zbekistonlikning professional sartarosh bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Doston Odilxonov oiladagi yagona farzand edi. Rossiyada uning qarindoshlari yo‘q edi. Dostonning eski mijozlari uning tanasini yurtiga qaytarish uchun pul to‘plamoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют