» » Amerikalik noshir Tramp impichmentini e’lon qilishda yordam berganlarga 10 mln dollar va’da qildi

Amerikalik noshir Tramp impichmentini e’lon qilishda yordam berganlarga 10 mln dollar va’da qildi


Hustler jurnali noshiri Larri Flint reklama e’loni joylashtirdi. Unda AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilishga yordam berganlarga 10 million dollar mukofot e’lon qilindi, deb xabar beradi “RBK”.

O‘z e’lonini Flint The Washington Post gazetasining 15-oktabr sonida joylashtirdi. E’lon gazetaning bitta polosasini egalladi.

Have dirt that could impeach President Trump? Hustler publisher Larry Flynt says he'll pay you $10 million. https://t.co/JyYFCoelDb

— Washington Post (@washingtonpost) October 14, 2017

“Larri Flint va Hustler jurnali Donald Trampning impichmentiga yoki ishdan ketishiga olib keladigan axborot uchun 10 million dollar miqdoridagi moliyaviy rag‘bat e’lon qiladi”, — deyiladi e’lonning asosiy qismida.

Flintning fikricha, Tramp ichki va tashqi siyosatda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli prezidentlikdan ketishi lozim.

E’lon so‘ngida tegishli axborot bilan murojaat qilish uchun telefon raqami va elektron pochta manzili joylashtirilgan. Barcha murojaat qiluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari sir tutilishi va’da qilingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют