» » “Paxtakor” — “Qo‘qon—1912” o‘yinida ishlagan futbol hakamlari mavsum oxiriga qadar chetlatildi

“Paxtakor” — “Qo‘qon—1912” o‘yinida ishlagan futbol hakamlari mavsum oxiriga qadar chetlatildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 24-turidan keyin O‘FF hakamlari va nazoratchilari qo‘mitasi 4 kishini mavsum yakuniga qadar barcha musobaqalardan chetlatdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda gap “Paxtakor” — “Qo‘qon—1912” o‘yinini boshqargan hakamlar brigadasi haqida boradi. Toshkent klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan uchrashuvda ishlagan bosh hakam Vadim Agishevning ham, uning qanotlardagi yordamchilari Bahodir Bahromov va Nabijon Ro‘zimovning harakatlari ham Hakamlar Qo‘mitasiga ma’qul kelmagan. Ular hakamlikni past darajada baholagan.

Hakamlar Qo‘mitasining ilmiy-uslubiy ta’minot bo‘limi Vladimir Shtern boshchiligida bellashuvni alohida o‘rganib chiqib, har uchala hakam, ularga qo‘shilib to‘rtinchi hakam Asker Najafaliyevni ham mavsum oxiriga qadar Oliy Liga, Birinchi Liga, Yoshlar Ligasi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlaridan chetlatdi. Darajasi past hakamlikka yuqori baho qo‘ygani uchun inspektor Igor Nexochin ham mavsum yakuniga qadar “dam oladi”.

Bu O‘FF yangi rahbariyati davridagi hakamlarning uchinchi chetlatilishi bo‘ldi. Bunga qadar “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinida ishlagan Rustam Bobomurodov 1 ta bahsli vaziyat sabab butun umrga, keyinroq “Sho‘rtan” — “Navbahor” o‘yinida ishlagan Olim Tolibjonov bir qator xatolari uchun 10 ta o‘yinga chetlatilgandi.

“Championat.asia” nashri “Paxtakor” — “Qo‘qon—1912” o‘yini videosharhini taqdim etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют