» » Futzal O‘FF tasarrufiga o‘tganidan keyingi birinchi o‘yinda O‘zbekiston termasi 14 ta gol urdi

Futzal O‘FF tasarrufiga o‘tganidan keyingi birinchi o‘yinda O‘zbekiston termasi 14 ta gol urdi


O‘zbekiston futzal termasi Osiyo Chempionati saralash bosqichini o‘ta yirik g‘alaba bilan boshladi. Nepalga qarshi zalga chiqqan futzalchilar 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston Futzal Assotsiatsiyasi tarqatib yuborilib, futzal sport turi ham O‘FF tasarrufiga o‘tkazilgandi. Mazkur g‘alaba o‘sha voqelikdan keyin birinchisi bo‘ldi.

Bahodir Ahmedov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston futzal termasi bunga qadar Turkmaniston mezbonlik qilgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarining finaliga qadar yetib borib, Eronga imkoniyatni boy bergandi. Jamoa Osiyo Chempionatining amaldagi finalchisi ham hisoblanadi. Qit’a chempionatiga so‘nggi bor poytaxt Toshkent mezbonlik qilgan bo‘lib, O‘zbekiston futzalchilari final uchrashuvida yana o‘sha forslardan yengilgandi.

Saralash bellashuvlariga Eronning Tabriz shahri mezbonlik qilmoqda. 16-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da o‘zbekistonlik futzalchilar Turkmanistonni sinovdan o‘tkazadi. 17-oktabr kuni 15:30 da esa Qirg‘izistonga qarshi bellashuv bo‘lib o‘tadi. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan termalar Osiyo Chempionatiga yo‘l oladi.

Osiyo Chempionati. Saralash
“A” guruhi. 1-tur
15-oktabr, yakshanba

Gollar: Dilshod Rahmatov, 1 (1:0). Farhod Abdumavlonov, 2 (2:0). Davron Choriyev, 3 (3:0). Davron Abdurahmonov, 5 (4:0). Dilshod Rahmatov, 8 (5:0). Artur Yunusov, 13 (6:0). Artur Yunusov, 14 (7:0). Suraj Raut, 22 (7:1). Dilshod Rahmatov, 23 (8:1). Davron Choriyev, 24 (9:1). Anasxon Rahmatov, 26 (10:1). Xusniddin Nishonov, 33 (11:1). Saurab Magar, 35-avt (12:1). Dilmurod Shavkatov, 39 (13:1). Dilmurod Shavkatov, 40 (14:1).

Osiyo Chempionati kelasi yilning 6—18-fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Unda 16 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют