» » Nima uchun Tinch okeanida orollar g‘oyib bo‘lmoqda?

Nima uchun Tinch okeanida orollar g‘oyib bo‘lmoqda?


Olimlar iqlimning global isishi natijasida dunyo okeani sathi ko‘tarilishi, quruqlikning katta qismi suv ostida qolishi bilan qo‘rqitib keladi. Ammo bu uzoq kelajak haqidagi bashorat emas, bugungi kundagi holat desa ham bo‘ladi, deb yozadi Travel Ask.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, muz qatlamlari erishi oqibatida dunyo okeanining o‘rtacha sathi yiliga 3 millimetrga ko‘tarilmoqda. Ammo ba’zi joylarda, shu jumladan, Tinch okeanining g‘arbiy qismlarida bu jarayonlar jadalroq bormoqda: ushbu hududda suv sathi yiliga 12 millimetrga ko‘tarilmoqda. Bunday ko‘rsatkichlar bu yerda 90-yillar boshidan buyon kuzatilmoqda.

2016-yilda avstraliyalik geograflar Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan, 1000 dan ortiq orollarni o‘z ichiga olgan Solomon orollari arxipelagidan beshta orol g‘oyib bo‘lganini aniqladi. 2017-yilda esa o‘sha hududdagi Mikroneziyadan bir nechta orol yo‘q bo‘lib qoldi. Qator orollar esa maydonining katta qismidan ajraldi.

Ushbu orollar misolida dunyo okeani sathining oshishi haqiqatdan uzoq bo‘lgan, yerliklarning keyingi avlodi duch kelishi mumkin bo‘lgan hodisa emas, balki allaqachon yuz berishni boshlagan reallik ekanligini ko‘rishimiz mumkin, deyiladi xabarda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют