» » Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan terrorchilik guruhi a’zosi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan terrorchilik guruhi a’zosi qo‘lga olindi


Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan diniy-ekstremistik tashkilotlardan birining a’zosini hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Gumonlanuvchi ShHTga a’zo mamlakatlar maxsus xizmatlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan, terrorchilik tashkilotlariga hamda ekstremistik faoliyatga aloqador bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan antiterror tadbirlari chog‘ida ushlandi”, — deyiladi xabarda.

Uning ism-familiyasi hozircha oshkor qilinmagan. Shunisi aniqki, gumonlanuvchi 46 yoshda va u MDH davlatlaridan birining fuqarosi hisoblanadi.

“Aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs uzoq muddat xorijda yashagan. U o‘sha yerda MDH davlatlari fuqarolarini terrorchilikka jalb qilish bilan shug‘ullangan”, — deyiladi xabarda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют