» » Isroil bosh vaziri: Tramp Eron bilan kelishuvni bekor qilish emas, tuzatishga urinmoqda

Isroil bosh vaziri: Tramp Eron bilan kelishuvni bekor qilish emas, tuzatishga urinmoqda


Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni faqat undagi kamchiliklarni yo‘qotishga qaratilgan tuzatishlar kiritish yo‘li bilan kuchda saqlab qolish mumkin. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Netanyaxuga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan Tehronga nisbatan yangi strategiyaning asosiy maqsadi ham shundan iborat.

Kelishuvning boshqa ishtirokchilari Trampning bayonotiga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirayotgani esa “kelishuvni o‘zgartirish uni bekor qilish bilan tengligi” haqidagi xato xulosa bilan bog‘liq.

“Aslida AQSh prezidenti uzoqni ko‘zlab ish tutdi va ‘sizlar kelishuvni o‘zgartirmasangiz, uni bekor qilaman’, dedi. Boshqacha qilib aytganda, kelishuvni qutqarish uchun uni avval to‘g‘irlash kerak”, — dedi Isroil bosh vaziri.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют