» » OAV: Xitoyda kommunistlar partiyasi syezdi arafasida Shimoliy Koreya haqidagi xabarlarga cheklov o‘rnatildi

OAV: Xitoyda kommunistlar partiyasi syezdi arafasida Shimoliy Koreya haqidagi xabarlarga cheklov o‘rnatildi


18-oktabr, chorshanba kuni Pekinda ochiladigan mamlakat kommunistlar partiyasi syezdi arafasida Xitoyda OAVning Shimoliy Koreya haqidagi xabarlariga qat’iy cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda Kyodo agentligi manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, Xitoy OAVlariga Pxenyan raketa-yadro dasturi haqida o‘z materiallarini tayyorlash va chop etishdan voz kechish, bu borada faqat rasmiy xabarlar bilan cheklanish tavsiya etilgan.

Agentlik Pekin KXDR vaqti-vaqti bilan Xitoydagi muhim tadbirlar payti yoki ularning arafasida turli keskin harakatlarni amalga oshirayotganidan tashvishda ekanligini qayd etmoqda.

Jumladan, Shimoliy Koreya Pekinda may oyida 30 davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy kamari”ga bag‘ishlangan anjuman vaqtida ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. KXDRning oltinchi va eng kuchli yadro sinovi esa Xitoyda BRIK sammiti ochilishi arafasiga to‘g‘ri keldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют