» » Plastik idishlar saratonni keltirib chiqarishi mumkin

Plastik idishlar saratonni keltirib chiqarishi mumkin


Inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ko‘plab omillar mavjud, deb yozadi 7MedNews.

Salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri plastik idishlar hisoblanadi. Olimlarning fikricha, plastik idishlar insonda onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi.

AQShlik mutaxassislar bu borada tadqiqotlar olib bordi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, plastik idishlarga suv solinganida yoki u isitilganda undan inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab elementlar ajralib chiqadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, salomatlikka nafaqat plastik idishlar, balki plasti rom, mebelning plastikdan ishlangan qismlari ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Gap shundaki, plastik buyumlar tarkibida inson salomatligiga zarar yetkazuvchi zarralar mavjud. Plastik idishdagi taom mikroto‘lqinli pechda isitilganida uning tarkibidagi zararli moddalar inson organizmiga o‘rnashib olishga qodir bo‘ladi. Shu tarzda insonda onkologik kasalliklar rivojlanadi.

Olimlar plastik idishlardan bir martadan ortiq foydalanmaslikni tavsiya etmoqda. Bunday turdagi idishlardan foydalanib, mikroto‘lqinli pechda ovqat isitmaslik maqsadga muvofiq.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют