» » Fotogalereya: Oq uy — Amerika prezidentlarining qarorgohi

Fotogalereya: Oq uy — Amerika prezidentlarining qarorgohi


1792-yilning 13-oktabrida Oq uyni qurish ishlari boshlangan. Keyinchalik u Amerika prezidentlarining rasmiy qarorgohiga aylangan. Turli yillarda bino “Prezident saroyi” yoki “Prezidentlar uyi” deb atalgan. O‘zining hozirgi nomiga 1901-yilda Teodor Ruzveltning sharofati bilan sazovor bo‘lgan. “Kommersant” nashri ushbu qarorgoh hozirda qanday ko‘rinishga ega ekanligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

1972-yilda Oq uy arxitektor Jeyms Xoban loyihasi asosida qurila boshlangan. Uning tashqi ko‘rinishi Dublindagi Lenester-Xausga o‘xshash (Irlandiya parlamenti)

Bino 1800-yildagi foydalanishga topshirilgan. Ayni vaqtda Oq uy 6 qavatdan iborat, unda 132 ta xona, 32 ta vanna, 28 ta kamin, 8 ta zina va uchta lift mavjud.

Brifinglar xonasi Ronald Reyganning matbuot kotibi Jeyms S.Bredi sharafiga nomlangan. U 1981-yilda prezidentga uyushtirilgan suiqasdda jiddiy jarohat olgan.

“Oq uy” nomi rasman 1901-yilda prezident Teodor Ruzvelt tomonidan qabul qilingan.

Ruzvelt xonasi o‘z nomini AQShning ikki prezidenti Teodor Ruzvelt (1901—1909) hamda Franklin Ruzvelt (1933—1945) sharafiga olgan.

Prezident oilasi Oq uyda yashagani uchun ijara haqi to‘lamaydi, biroq oziq-ovqat, kiyim-kechaklarni yuvishga ketadigan xarajatlarni yonidan to‘laydi.

Oq uyda muntazam ravishda ekskursiya uyushtirilib turiladi. Ekskursiyada qatnashish arizasini kamida 3 hafta oldin topshirish kerak.

Oq uy oshxonasida kecha-yu kunduz besh nafar bosh oshpaz ishlaydi va ular istalgan vaqtda 140 nafar odamga tushlik tarqatishga tayyor turadi.

1942-yilda binoning sharqiy qanotiga kinoteatr qurilgan.

2017-yilning avgustida binoning Janubiy zinasi 1940-yildan buyon birinchi marotaba ta’mirlandi.

Oq uy oshpazlari Mustaqillik kuni munosabati bilan jo‘ja qovurmoqda

Oq uyda, shuningdek, Garri Trumenning prezidentlik davrida paydo bo‘lgan bouling yo‘lakchasi ham mavjud

2017-yilning yanvarida AQSh prezidenti Donald Tramp Avram Linkoln uxlagan xonada yotayotganini tan olgandi.

Dastlabki Oq uydan saqlanib qolgan yagona buyum — Jorj Vashingtonning portreti. Uni AQSh to‘rtinchi prezidentining rafiqasi — Dolli Medison saqlab qolgan. Qolgan barcha narsalar 1814-yilda Britaniya qo‘shinlari uyushtirgan yong‘in oqibatida kuyib kul bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют