» » AQSh va Rossiyada shayba surayotgan o‘zbekiston xokkeychilar “Binokor” safiga qo‘shilish istagini bildirdi

AQSh va Rossiyada shayba surayotgan o‘zbekiston xokkeychilar “Binokor” safiga qo‘shilish istagini bildirdi


2019-yilga kelib Kontinental Xokkey Ligasiga (KXL) qo‘shilishni rejalashtirayotgan “Binokor” xokkey klubi ta’sischisi va bosh murabbiyi Alisher Azimov “Olamport” nashriga intervyu berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning o‘zidayoq O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasi tashkil etilishi mumkin. Bu esa “Binokor” klubiga xalqaro arenalarda o‘z omadini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.

Azimovning oydinlik kiritishicha, “Binokor” xokkey klubi a’zolari Toshkentdagi muz saroylarining birida mashg‘ulot o‘tkazib keladi va asosan Qozog‘istondagi turnirlarda ishtirok etadi.

KXL g‘oyasi rejamizda bor. Barchasi “Xumo Arena” ishga tushganidan so‘ng aniq bo‘ladi. Ochilish marosimida biz o‘zbek xokkeychilari nimalarga qodir ekanligini namoyish qilib bermoqchimiz. Maqsadimiz — jiddiy. KXLda ishtirok etish uchun yigitlarimizda kuch va iqtidor yetarli.

Alisher Azimov, “Binokor” klubi bosh murabbiyi

“Binokor”ni kuchaytirish uchun bir necha oy muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berilgan bo‘lib, bu taklifga bir qator murojaatlar kelib tushgan. Faoliyatini Rossiyada davom ettirayotgan o‘zbekistonlik xokkeychilarning bir nechtasi Toshkent klubida shayba surish niyati borligini ma’lum qilgan. Shuningdek, AQSh, Belarus va Qozog‘istonda xokkey o‘ynayotgan o‘zbekistonliklar ham o‘zini tavsiya qilgan.

1968-yilda tug‘ilgan Alisher Azimov o‘z vaqtida “Binokor” bolalar sport klubida xokkey sir-asrorlarini o‘rgangan. U O‘zbekistonga xokkeyni qaytarish uchun mehnat qilayotganlar yetakchisi. “Binokor” klubini qayta ta’sis etgan, ayni paytda uning bosh murabbiyi ham hisoblanadi. Faoliyati davomida bir qator chet el ligalarida shayba surgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют