» » Janubiy Koreya politsiyasi Korean Air aviakompaniyasi rahbarini qamoqqa olish uchun order so‘radi

Janubiy Koreya politsiyasi Korean Air aviakompaniyasi rahbarini qamoqqa olish uchun order so‘radi


Janubiy Koreya politsiyasi Korean Air aviakompaniyasi direktorlar kengashi raisi va kasod bo‘lgan Hanjin Group logistika kompaniyasi rahbari Cho Yan Xoni qamoqqa olish uchun suddan order so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Yonhap agentliga ko‘ra, Cho Yan Xo Korean Air mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Politsiya u kompaniyadan o‘marilgan mablag‘ hisobidan 2013—2014-yillarda Seul markazidagi uyini ta’mirlashga 2,65 million sarflaganini gumon qilmoqda. 

Cho Yan Xo bir oy avval ko‘rsatma berish uchun chaqirilgan va o‘shanda u barcha ayblovlarni rad etgandi. Politsiya tekshiruvi Janubiy Koreya konglomeratlari uchun qimmatbaho ta’mirlash ishlarini bajargan qurilish kompaniyasi huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tushganidan so‘ng boshlandi. 

Ma’lumot uchun, 2014-yilda Cho Yan Xoning qizi Cho Xyon oilasiga tegishli aviakompaniya samolyoti bortida janjal ko‘targani uchun sud tomonidan bir yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют