» » Las-Vegaslik mergan tufayli kazinolar kamida 40 mln dollar yo‘qotdi

Las-Vegaslik mergan tufayli kazinolar kamida 40 mln dollar yo‘qotdi


AQShda kazino va mehmonxonalarga egalik qiluvchi kompaniyalar aksiyalari qiymati pastladi. Shuningdek, Las-Vegasga sayyohlar oqimi kamayishi ham qayd etildi, deya xabar beradi The Japan Times. 

Bularning barchasi Stivenom Peddok Las-Vegasda uyushtirgan va salkam 60 kishining umriga zomin bo‘lgan otishma oqibatlari hisoblanadi. 

Morgan Stanley investitsiya banki tahlilchilariga ko‘ra, bozor uchun salbiy ta’sir kamida yarim yil davom etadi. Mehmonxonalar va kazinolar daromadi 4-6 foizga pasayadi, sayyohlar oqimi esa 6 oydan keyingina tiklanadi. 

O‘tgan yili Las-Vegasga 42,9 million kishi keldi, kazinolar daromadi esa 9,7 milliard dollarni tashkil etdi. Shu tariqa, Morgan Stanley taxminlari to‘g‘ri chiqsa, Nevada qimor biznesi kamida 40 million dollar yo‘qotadi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют