» » YeXHT vakili Toshkentda “Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika” mintaqaviy konferensiyasini o‘tkazadi

YeXHT vakili Toshkentda “Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika” mintaqaviy konferensiyasini o‘tkazadi


Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir Toshkentda 17—19-oktyabr kunlari bo‘ladi va “Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika” mintaqaviy konferensiyasini ochib beradi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda. 

Markaziy Osiyo OAV anjumani har yili bo‘lib o‘tadigan va fikr bildirish erkinligi bilan bog‘liq forum hisoblanadi. Xalqaro tashkilotning mintaqada OAV erkinligi borasidagi majburiyatlari bajarilishiga ko‘mak beradi. 

YeXHT vakili O‘zbekistonda OAV erkinligi masalalarini muhokama etish uchun hukumatning yuqori martabali mansabdorlari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.

Ikki kun davom etadigan tadbir davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Mug‘ulistondan 100 dan ortiq ishtirokchi — hukumat vakillari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ilmiy doiralar vakillari va xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyodagi media-tendensiyalarni muhokama etadi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют