» » Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi


Apple kompaniyasi LG bilan birgalikda iPhone uchun mutlaqo yangi egiluvchan ekran ustida ish olib borayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Kompaniya ushbu rejalarini sir saqlashni davom etmoqda, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Yangi patent arizasi Apple’ga egiluvchan displeyli qurilmani ishlab chiqarish imkonini beruvchi ekran texnologiyasini tavsiflaydi. Patent arizasi nisbatan yangi hisoblanadi — u 2016-yilning 30-avgustida berilgan.

Patentda Apple o‘zining bir qator mahsulotlarida, jumladan, OLED ekrani va micro LED’larda qo‘llashi mumkin bo‘lgan ekran texnologiyasi haqida so‘z boradi. Shu bilan birga texnologiya nafaqat smartfonlarning egiluvchan ekrani sifatida qo‘llanilishi mumkin, balki o‘z ichiga noutbuklarni, planshetlarni, qo‘l soatlarini va kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan boshqa qurilmalarni ham o‘z ichiga oladi.

Patent ushbu texnologiyada asosiy e’tiborni tasvirni buzmaydigan va uning sifatiga ta’sir etmaydigan egiluvchan qurilmaga qaratgan. Ekranni xuddi kitobni yoki faol displeyli noutbuk kabi egish mumkin. Shuningdek, qurilmani hamyon kabi taxlasa ham bo‘ladi, bunda displey gadjetning tashqi yuzasini egallaydi.

Umuman olganda, Apple ayni vaqtda ushbu texnologiyani o‘rganib chiqmoqda va yaqin yillarda qo‘llamaydi. Boshqa tomondan Samsung o‘zining birinchi egiluvchan smartfonini ommaviy ishlab chiqrishga tayyor, Apple’da esa bunga javob bo‘lishi kerak.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют