» » Shavkat Mirziyoyev So‘ranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev So‘ranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev So‘ranbay Jeenbekovni oliy davlat lavozimi – Qirg‘iziston prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sizning g‘alabangiz — Qirg‘izistonning birodar xalqi mamlakatingizdagi chuqur tizimli islohotlar va o‘zgarishlarni davom ettirishga, aholi farovonligini yanada oshirishga, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni ta’minlashga, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatning obro‘-e’tiborini mustahkamlashga qaratilgan reja va dasturlaringizni keng qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolatdir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Tabrik maktubida O‘zbekiston tomoni o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratishi va ikki mamlakat xalqlari manfaati uchun ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash uchun barcha zarur choralar ko‘rishga tayyor ekanligi ta’kidlangan.

Ishonchim komilki, so‘nggi yil davomida erishilgan ijobiy siyosiy muloqotning yuksak darajasi va tomonlarning mavjud masalalarni o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlarni hisobga olgan holda hal qilishga tarafdorligi yanada rivojlanadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev So‘ranbay Jeenbekovga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlat lavozimida yutuqlar, Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют