» » Turkiyaning Iroq bilan chegarasi yaqinida yuz bergan portlash oqibatida ikki askar halok bo‘ldi

Turkiyaning Iroq bilan chegarasi yaqinida yuz bergan portlash oqibatida ikki askar halok bo‘ldi


Turkiya janubi-sharqidagi Hakkari viloyatida Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) a’zolari tomonidan o‘rnatilgan qo‘lbola bomba portlashi oqibatida ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, hodisa Chukurja tumanida yuz bergan. Hozirgi vaqtda portlovchi uskunani o‘rnatgan kurd isyonchilarini zararsizlantirish bo‘yicha operatsiya boshlangani aytilmoqda.

Bu so‘nggi vaqtlarda turk harbiylariga qarshi uyushtirilgan ilk hujum emas. 4-oktabr kuni Yuksekova shahri yaqinida harbiy karvonning portlatilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют