» » Samarqandda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarga pasportlar topshirildi

Samarqandda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarga pasportlar topshirildi


Samarqandda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bir guruh shaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonda inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samara berayotganini ta’kidladi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Turob Jo‘rayev so‘zga chiqdi.

Taqdir taqozosi bilan 1989—1996-yillarda Qozog‘istonda yashab, mehnat qilishimga to‘g‘ri kelgan. Yurtimizga qaytib kelganimdan so‘ng mehnat faoliyatimni davom ettirdim va ayni paytda “Samarqand don mahsulotlari” korxonasida ishlamoqdaman. Ikki farzandim bor. O‘g‘lim o‘zim bilan birga ishlaydi.

Oilamdan ham, ishimdan ham ko‘nglim to‘q. Ona-yurtimda yashayapman. Ammo ko‘nglimda bir armon bor edi — shu yurt farzandi bo‘la turib, O‘zbekiston fuqarosi emas edim. Bugun ana shu armonim ushaldi. Prezidentimizdan behad minnatdorman, O‘zbekiston fuqaroligi pasportini qo‘limga oldim. Endi yana ham katta g‘ayrat, shijoat bilan mehnat qilib, Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishga butun borlig‘imni bag‘ishlayman.

Ismoil Aliyev, samarqandlik fuqaro

Ma’lumot uchun, keyingi bir yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning bir necha farmonlari bilan yuzlab shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют