» » Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi


Davomi: Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlarini mustahkamlashga, shuningdek, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilganini alohida ta’kidladi.

2017-yil aprel oyida Rossiyaga oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolangan ikki mamlakat hududlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim turli tarmoqlarda yaqin hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratgani qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqinda Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tomonlar hududlar darajasidagi aloqalar faollashayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ushbu hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan edi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zaro savdo hajmi va nomenklaturasini kengaytirish, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют