» » Nazarboyev Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi

Nazarboyev Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Sooronbay Jeenbekovga telegramma yo‘llab, uni Qirg‘iziston prezidenti saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Oq O‘rda rasmiy sayti ma’lum qildi.

O‘z maktubida Nazarboyev Jeenbekov boshchiligida Qirg‘iziston yangi muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildirdi.

“Ishonamanki, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatga asoslangan munosabatlar mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida rivojlanishda davom etadi”, — deyiladi maktabda.

“Sizga sog‘liq va ushbu mas’uliyatda davlat mansabida muvaffaqiyat, birodar qirg‘iz xalqiga esa tinch osmon va farovonlik tilayman”, — deb so‘zini yakunladi Nazarboyev.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют