» » Somalidagi terakt qurbonlari xotirasiga Eyfel minorasi chiroqlari o‘chiriladi

Somalidagi terakt qurbonlari xotirasiga Eyfel minorasi chiroqlari o‘chiriladi


Somalidagi terakt qurbonlari xotirasiga Parijdagi Eyfel minorasi chiroqlari o‘chiriladi. Bu haqda Fransiya poytaxti meri Ann Idalgo bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

“Bugun yarim tunda Eyfel minorasi chiroqlari Somali terakti qurbonlari xotirasiga o‘chiriladi. Barimiz yakdilmiz”, — deb yozdi mer Twitter’dagi sahifasida.

Somalida mamlakat tarixidagi eng yirik terakt sodir bo‘ldi. 14-oktabr, shanba kuni portlovchi moddalar ortilgan yuk mashinasi Mogadishodagi gavjum ko‘chalardan birida portlab ketdi. 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi yaralandi. Mahalliy hukumat hujumda “Ash-Shabob”terrorchilik guruhini aybladi, ammo jangarilar hozircha terakt uchun javobgarlikni rasman o‘z bo‘yniga olgani yo‘q. Somalida uch kunlik motam e’lon qilindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют