» » Toshkentdagi “Xalqaro hamkorlik markazi”ning ba’zi obyektlari “O‘zsanoateksport” va “O‘ztreyd”ga berildi

Toshkentdagi “Xalqaro hamkorlik markazi”ning ba’zi obyektlari “O‘zsanoateksport” va “O‘ztreyd”ga berildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qarorni imzoladi. Qaror matni rus tilida O‘zbekiston Prezidenti rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi “Xalqaro hamkorlik markazi” kompaniyasi va “Interservis” davlat korxonasi Tashqi savdo vazirligi tuzilmasidan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzilmasiga o‘tkazilgan.

“Xalqaro hamkorlik markazi” balansidagi Tashkent Plaza savdo markazi Tashqi savdo vazirligining “O‘zsanoateksport” kompaniyasi hisobiga, “Xalqaro hamkorlik markazi”ning Bo‘stonliq Chimyonidagi dam olish zonasi vazirlikning “O‘ztreyd” kompaniyasi balansiga o‘tkazilgan.

O‘z navbatida, Prezident bir oy muddat ichida “Xalqaro hamkorlik markazi” ustav kapitalidagi davlat ulushini baholash va uni belgilangan tartibda sotuvga qo‘yish haqida ko‘rsatma bergan. Bunda markaz ustav kapitalidagi davlat ulushi 51 foiz miqdorida saqlanib qolishi kerak.

Qayd etishlaricha, Prezident ushbu qarorni xalqaro konferensiyalar, seminarlar, yirik investitsiya forumlarini o‘tkazish yo‘li bilan investitsiya jalb etishni kengaytirish maqsadida qabul qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют