» » Foto: Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Toshkent islom institutida bo‘ldi

Foto: Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Toshkent islom institutida bo‘ldi


O‘zbekistonga 16-oktabr kuni amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida bo‘ldi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Institut rektori U.G‘afurov mehmonlarga ta’lim muassasasi faoliyati to‘g‘risida qisqacha so‘zlab berdi. 3-kurs talabasi B.Najmiddinov ham talabalar nomidan so‘zga chiqib, ta’lim jarayoni hamda institut tarixi haqida ma’lumot berdi.

Ramzan Qodirov asosiy bino, masjid xonaqohi va axborot-resurs markazini kirib ko‘rdi. Markazdagi Mehmonlar kitobiga taasurotlarini yozib qoldirdi.

Uchrashuvda A.Bobomurodzoda, A.Shoshiy kabi faxriy ustozlar ham ishtirok etib, Ramzan Qodirovning otasi Ahmad Qodirov to‘g‘risidagi xotiralarni yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

Ma’lumki, Ahmad Qodirov 1982—1986-yillarda Toshkent islom institutida ta’lim olgan. “Uchrashuv so‘ngida mehmonlar va yig‘ilganlar esdalik uchun suratga tushdi”, — deb yozadi “Azon.uz”.

Avvalroq Ramzan Qodirov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют