» » “Taxtlar o‘yini”dagi yuzlab qahramonlarga ovoz bergan aktyor vafot etdi

“Taxtlar o‘yini”dagi yuzlab qahramonlarga ovoz bergan aktyor vafot etdi


Britaniyalik aktyor, “Taxtlar o‘yini” serialida piromant Gallin obrazini jonlantirgan Roy Dotris 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda, International Business Times nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Dotris oilasi bayonotida aktyor o‘z uyida, qizlar, nabiralari va evaralari oldida vafot etgani ta’kidlandi.

Roy Dotris 1923-yili Gernsi orolida tug‘ilgan. 1960-yillar oxirida u teatr aktyori sifatida tanildi. Keyinchalik kinoda rollar ola boshladi.

Katta kinoga kirib kelish uchun ko‘prik vazifasini aktyor uchun Milosh Formanning “Amadey” filmi o‘tadi. U yerda aktyor Motsart obrazini jonlashtirdi.

U teleseriallarda ancha faol qatnashib keldi. Ayniqsa “Taxtlar o‘yini”da jonlantirgan alkimyogarlar gildiyasi rahbari piromant Gallin roli orqali shuhrat qozondi.

Bundan tashqari, aktyor serial asoslangan romanlarning audioversiyasini o‘qigan va bitta kitobda eng ko‘p personajlarni jonlantirgan shaxs sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. U 33,5 soatlik yozuv davomida 224 qahramonni jonlantirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют