» » AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Grin karta uchun qaytadan ro‘yxatdan o‘tish boshlanayotganini ma’lum qildi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Grin karta uchun qaytadan ro‘yxatdan o‘tish boshlanayotganini ma’lum qildi


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi texnik sabablarga ko‘ra, DV-2019 (Grin karta) uchun qaytadan ro‘yxatdan o‘tish boshlanayotganini ma’lum qildi, shuningdek, tez-tez so‘raladigan savollarga javob berdi.

“2017-yil 18-oktabrga qadar ariza bergan ishtirokchi o‘z arizalari ko‘rib chiqilishi uchun ularni qaytadan topshirishi lozim. Bu boradagi noqulaylik uchun ishtirokchilardan uzr so‘raymiz. Haqqoniylikni ta’minlash va barcha manfaatdor tomonlar uchun jarayonning yaxlitligini himoya qilish maqsadida biz bu yilgi (DV-2019) ariza topshirish jarayonini qaytadan boshlashimiz shart”, — deyiladi xabarda.

DV-2019 uchun elektron ariza topshirish davri 2017-yil 18-oktabr, seshanba kunduz soat 11:00 da boshlanib, 2017-yil 22-noyabr, chorshanba kunduz soat 11:00 da tugaydi.

Agar siz 2017-yil 18-oktabrdan avval ariza topshirgan bo‘lsangiz, u ariza ko‘rib chiqilmaydi va siz yangi ariza topshirish davrida boshqa ariza yuborishingiz lozim.

Siz bir necha ariza taqdim etish uchun diskvalifikatsiya qilinmasdan bitta yangi ariza topshirishingiz mumkin. Yangi ariza topshirish davrida bittadan ortiq ariza topshirgan shaxslar diskvalifikatsiya qilinadi.

Ariza topshiruvchilar elektron ariza shakliga ro‘yxatdan o‘tish davrida rasmiy vebsayt, ya’ni dvlottery.state.gov da kirishlari mumkin. Shuningdek, Davlat departamentining usvisas.state.gov/dv/instructions vebsaytida dastur bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud.

Muvofiqlik borasidagi boshqa barcha talablar o‘zgarishsiz qolgan.

2018-yil 15-maydan boshlab, 2019-yil dasturiga ariza topshirganlar ro‘yxatdan o‘tish paytida taqdim etilgan alohida tasdiqlov raqamini ariza maqomi onlayn tekshiriladigan dvlottery.state.gov vebsaytiga kiritib, tanlab olinganmi yo yo‘qligini tekshirib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Ariza maqomini tekshirish bo‘limi muvaffaqiyatli ariza topshiruvchilarga o‘zlari va oila a’zolari uchun grin kartaga qanday murojaat qilish to‘g‘risida ma’lumot beradi. Davlat departamenti viza intervyusi uchun uchrashuvni ham Ariza maqomini tekshirish bo‘limi orqali tasdiqlaydi.

Savol: Texnik sabablar bilan bog‘liq muammo nima degani? Topshirilgan arizalar yo‘qolganmi? Bunga xakerlar sabachimi?

Javob: Texnik muammo shuki, ariza topshirgan ishtirokchi o‘zi tug‘ilgan mamlakatdan boshqa mamlakatni tanlab, o‘zi muvofiq keladigan mamlakatni hisobga olmasligidir. Bunga ayrim cheklangan holatlarda ruxsat beriladi. Texnik muammoga qandaydir tashqi aralashuv yo xakerlik hujumi sabab bo‘lmagan.

Savol: Bunday texnik muammo tug‘ilishidan avval nechta ariza kelib tushgan?

Javob: Texnik muammolar sababli, biz ayni paytda nechta to‘g‘ri kiritilgan ariza kelib tushganini ayta olmaymiz. Jarayonnning yaxlitligini himoya qilish hamda haqqoniy imkoniyatni ta’minlash maqsadida biz hozir yangi ariza topshirish jarayonni boshlamoqdamiz.

Savol: 2019-yilda Departament nechta ariza topshirilishini kutmoqda?

Javob: 2018-yil uchun e’lon qilingan dasturda, ya’ni o‘tgan yili biz asosiy ariza topshiruvchilardan 14 milliondan ortiq ariza oldik.

Savol: Departament arizasi haqiqiy deb topilmagan ariza topshiruvchilarni qanday xabardor qiladi?

Javob: Departament 2017-yil 18-oktabrga qadar ariza topshirgan har bir shaxsga lotereya o‘ynash paytida taqdim etilgan elektron pochta orqali avtomatik xabarnoma yuborib, ularni dvlottery.state.gov vebsaytida muhim e’lon borligini tekshirish uchun yo‘naltiradi. Biz ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy OAVdan foydalanib, potensial ariza topshiruvchilarni vaziyatdan va ro‘yxatdan o‘tishning yangi davri boshlanganidan boxabar qilish maqsadida o‘zimizning elchixona va konsulliklarimiz orqali ham ish olib boramiz.

Savol: Bu 2019-yildagi grin karta jarayonini orqaga suradimi?

Javob: 2019-yil dasturi uchun arizalarni tanlab olish 2018-yil 15-maydan boshlanadi.

Ayni paytda 2019-yil dasturida biror kechikish bo‘lishi kutilmayapti.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют