» » KXDRning BMTdagi vakili: Yadro urushi har qanday lahzada boshlanib qolishi mumkin

KXDRning BMTdagi vakili: Yadro urushi har qanday lahzada boshlanib qolishi mumkin


KXDR yadro qurolini to‘liq taqiqlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo AQShning qo‘l ostida yadro quroli bo‘lar ekan, u ham o‘z arsenalini saqlab qolmoqchi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Kim In Ren ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. U yadro urushi “har qanday lahzada  boshlanishi mumkin”ligini qo‘shib qo‘ydi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Pxenyanda yadro quroli va ballistik raketalar borligi “o‘z-o‘zini himoya qilish bo‘yicha o‘rinli chora hisoblanadi”. “Dunyodagi hech bir mamlakat AQSh tomonidan bunchalik uzoq vaqt davomida bunchalik keskin va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadroviy tahdidga uchramagan edi”, — deya ta’kidladi KXDR vakili. “Butun dunyoning diqqati qaratilgan Koreya yarim orolidagi vaziyat jiddiy nuqtaga yetib keldi, yadro urushi har qanday lahzada boshlanib qolishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

“AQSh tomonidan bo‘layotgan dushmanlarcha munosabat va yadroviy tahdid to‘liq bartaraf etilmas ekan, biz yadro qurolimiz va ballistik raketalarimiz bo‘yicha hech qanaqa muzokaralar olib bormaymiz va tanlagan yo‘limizdan bir dyuym ham chekinmaymiz”, — deya ishontirdi diplomat.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют