» » OAV: Yelizaveta II ning 14 oshpazi norozilik belgisi sifatida ishdan bo‘shadi

OAV: Yelizaveta II ning 14 oshpazi norozilik belgisi sifatida ishdan bo‘shadi


Qirollik oshxonasining 14 nafar oshpazi va boshqa xodimlari norozilik belgisi sifatida bir vaqtda ishdan bo‘shab ketdi, deb yozadi “AiF”.

Bunga ish sharoiti sababchi bo‘ldi. OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, oshxona xodimlari qirollik oilasi uchun ovqat pishirish maqsadida goh Bukingem saroyiga, goh Vindzor qasriga doim ko‘chib yurishiga to‘g‘ri kelgani. Shu tufayli oshpazlar o‘z oilasi bilan kamdan-kam yuz ko‘risha olgan.

Shuningdek, jurnalistlar xabar qilishicha, shahzoda Charlz xuddi shu oshpazlar Kensington va Sent-Jeyms saroylarida ham ovqat pishirishini talab qilgan, ammo qo‘shimcha ish uchun ularga haq to‘lashmagan.

Natijada oshxonaning 14 xodimi bir vaqtda ishdan bo‘shashga qaror qilgan. Bukingem saroyi matbuot xizmati hozircha bu xabarni rasman tasdiqlagani yo‘q.

Qirolicha Yelizaveta II har yili Vindzor qasrida bir oycha yashaydi. Kensington saroyida Uilyam va uning rafiqasi Ketrin istiqomat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют