» » O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Qatardagi mashhur Aspire futbol akademiyasi ishini o‘rgandi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Qatardagi mashhur Aspire futbol akademiyasi ishini o‘rgandi


O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasi prezidenti taklifiga ko‘ra Dohada bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — har ikki federatsiya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolashdir. Bu Ahmadjonovning futboldagi uchinchi rasmiy tashrifi bo‘ldi. Bungacha rahbar FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA FA prezidenti bilan hamkorlik masalalarida kelishib olgandi.

Kecha — 16-oktabr kuni Ahmadjonov mashhur Aspire futbol akademiyasiga tashrif buyurib, haqiqiy akademiya qanday bo‘lishi kerakligi borasida tasavvurga ega bo‘ldi. O‘zining tan olib aytishicha, Qatardagi akademiya unda katta taassurot qoldirgan. Shu boisdan ham Qatar va O‘zbekiston bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish borasida o‘zaro hamkorlik qiladi.

Ahmadjonovga qatarliklar tashrif doirasida Aspetar sportga ixtisoslashga tibbiyot markazini ham ko‘rsatdi. Aytilishicha, O‘FF prezidenti uning O‘zbekiston futboliga foydali jihatlarini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan.

Bugun — 17-oktabr kuni Ahmadjonov Qatar FU prezidenti Shayx Hamad ibn Halifa Ahmad At-Taniy bilan uchrashadi. Ikki tashkilot rahbarlari bu borada memorandum imzolaydi.

Ahmadjonovning BAA FA bilan memorandumiga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogining “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi finalini Amirliklardan tashrif buyuradigan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют