» » Toshkentdagi Inha universiteti professori muhandislik ta’limi sohasida xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi Inha universiteti professori muhandislik ta’limi sohasida xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning professori hamda “Kompyuter fanlari va muhandisligi departamenti”ning rahbari doktor Abdul Rahim Nosir  “International Gold Star Award for Excellence in Engineering Education” (Muhandislik ta’limi sohasidagi yuksak natijalari uchun xalqaro oltin yulduz) xalqaro mukofotiga sazovar bo‘ldi. Bu haqda Inha universiteti rasmiy saytida xabar berildi.

Abdul Rahim Nosir mazkur mukofotga Mavrikiyada o‘tgan “Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni globallashtirish” xalqaro sammit vaqtida “Muhandislik ta’limi sohasidagi yuksak natijalari uchun” loyiq topildi.

Doktor Nosir mazkur mukofotga “Muhandislik ta’limi sohasiga so‘nggi 30 yil davomida qo‘shgan hissasi va erishgan natijalari uchun” loyiq ko‘rildi.

IUT professori ko‘plab universitetlarda, jumladan, turli ma’muriy lavozimlarda ishlagan, shu bilan u muhandislik ta’limining rivojiga o‘z ulushini qo‘shib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Doktor Abdul Rahim Nosir ko‘plab xalqaro mukofotlarning sohibi hisoblanadi. 2017-yilning fevral oyida u xalqaro “Great Achievers Award for excellence in engineering education” (Muhandislik ta’limi sohasidagi yuksak natijalari uchun) mukofotini olgan edi.

2017-yilning aprel oyida professor beshinchi yil ketma-ket “Marquis Who’s Who in the World” (Markuis Kim aslida kim) nashriga kiritildi.

2017-yilning iyun oyida Doktor Abdul Rahim Nosir Albert Nelson Markuisning hayotiy yutuqlari uchun (2017 Albert Nelson Marquis Lifetime Achievement Award) sovrinini qo‘lga kiritdi.

2017-yil oktabr oyining boshida u O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют