» » BAA termasi “Milan” va Yaponiya bilan tarixiy natija qayd etgan Alberto Dzakkeronini olib keldi

BAA termasi “Milan” va Yaponiya bilan tarixiy natija qayd etgan Alberto Dzakkeronini olib keldi


Italiyalik mashhur murabbiy Alberto Dzakkeroni BAA termasi bilan shartnoma imzoladi. Mutaxassis jamoani 2019-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorlaydi.

Osiyo Kubogi 2019-yil aynan Amirliklarda bo‘lib o‘tadi. Demak, BAA termasi unda munosib ishtirok etishi kerak. Bunda Dzakkeronining oldiga aynan qanday vazifa qo‘yilgani borasida ma’lumot yo‘q. BAA Futbol Assotsiatsiyasi Dzakkeroni kelgani haqida rasman aytgan bo‘lsa, bugun — 17-oktabr u ommaga rasman tanishtiriladi.

Dzakkeroni uchun Osiyo Kubogida zafar quchish begona emas. U 2011-yil Yaponiya milliy terma jamoasi bilan qit’ani zabt etishga muvaffaq bo‘lgandi. Shuningdek, mutaxassis 1999-yil “Milan” klubi bilan Italiya A seriyasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasini Osiyo Kubogi—2019 ga kim tayyorlashi masalasi hozirgacha hal etilgani yo‘q. O‘FF bir qator nomzodlar bilan muzokara olib borayotgani haqida aytgan bo‘lsa-da, hozirgacha bir to‘xtamga kela olmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют