» » Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganlarni o‘qishga kirishga tayyorlashadi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganlarni o‘qishga kirishga tayyorlashadi


Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi Norma.

Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish uchun bir qator vazifalar belgilandi:

harbiy xizmatchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun har yili may-dekabr oylarida jami o‘quv yuklamasi 190 soatdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar o‘tkazish dasturini ishlab chiqish;

har bir harbiy qismda tashkil etiladigan mashg‘ulotlar bo‘yicha 5 ta fandan ko‘p bo‘lmagan fan yo‘nalishlarini aniqlash;

har bir harbiy qismga unga yaqin joylashgan oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar, o‘rta ta’lim muassasasini biriktirishni ta’minlash va mazkur ta’lim muassasalaridan mashg‘ulot o‘tkazuvchi o‘qituvchilarni tayinlash;

ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan foydalanish uchun harbiy qism kutubxonalarini ushbu ta’lim muassasalarining ARMtarmoqlariga ulash;

harbiy qismlarga biriktirilgan ta’lim muassasalarining ARMlari imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida aholi punktidan 50 km dan uzoqda joylashgan harbiy qismlar kutubxonalarida elektron bazalar tashkil etish.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют